

Bu haqda assotsiatsiya saytida xabar berilgan.
JFA ma'lumotiga ko'ra, Moriyasu 2027 yilning yanvar-fevral oylarida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi yakuniga qadar o'z faoliyatini davom ettiradi. Shundan so'ng uning o'rnini hozirda Yaponiyaning 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida faoliyat yuritayotgan Go Oiva egallaydi.
Yaponiya o'tgan jahon chempionatida Niderlandiya (7 ochko), Shvetsiya (4 ochko) va Tunis (0 ochko) jamoalari joy olgan "F" guruhida 5 ochko to'plab, ikkinchi o'rinni egallagan edi. 1/16 finalda esa Yaponiya Braziliyaga imkoniyatni boy berib qo'ydi (1:2).



