"Arsenal" sardorni 87 mln evroga sotishga tayyor

24 iyul 2026, 10:15
"Arsenal" yarim himoyachi va jamoa sardori Martin Edegorning transferi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

London klubi maydon markazida yuqori pressing va chaqqon, kuchli o'yin uslubini saqlab qolish maqsadida maydon markazini yangi futbolchilar bilan kuchaytirishni maqsad qilgan. Bu haqda "TEAMtalk" xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, "Arsenal" 27 yoshli o'yinchiga 75 million funt (87,7 million evro) miqdorida taklif tushgan taqdirda uning sotuvini tezlashtirishi mumkin. Biroq hozirgi vaqtda hech bir jamoa "kanonirlar"ga so'ralayotgan summani taklif qilgani yo'q.

Yakunlangan mavsumda Edegor barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 70 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: TEAMtalk