

24 yoshli Fransiyalik futbolchiga "Pari Sen-Jermen" ham da'vogar. Parijliklar uni tarkibni kuchaytirish uchun asosiy variantlardan biri sifatida ko'rib chiqmoqda.

Akliush "Monako" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va oxirgi mavsumlarda Fransiya futbolining eng istiqbolli o'yinchilaridan biri maqomini mustahkamladi. U hujumning o'ng qanotida, hujumchi ortida va hujumkor yarim himoyachi poziciyasida o'ynashga qodir. Bu esa uni Yevropaning yetakchi klublari uchun universal variantga aylantiradi.
Yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsum barcha turnirlarda 43 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi hamda monegasklarning asosiy o'yinchilaridan biriga aylandi.



