"Manchester Yunayted" "Atletiko" yarim himoyachisini nishonga oldi

Sherzod Nurmatov
7 noya 2022
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Markos Lorente Ispaniya chempionatini Angliya Premer-ligasiga o'zgartirishi mumkin.

Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 27 yoshli futbolchining transferiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. "Matraschilar" o'z navbatida, Yevropa musobaqalaridagi omadsizlik tufayli moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida Markosni sotishga tayyor.

Lorentening transfer narxi – 40 million evro. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.

Markos joriy mavsum 9 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo