"Bu penalti emas!" - Iturralde derbidagi bahsli vaziyatga nuqta qo'ydi

Aslanov Jasurbek
24 mar 2026
Mashhur sobiq hakam Eduardo Iturralde Gonsales Madrid derbisining 10-daqiqasida Dani Karvaxal va Markos Lorente o'rtasida sodir bo'lgan to'qnashuv haqida o'z fikrini bildirdi.

O'sha vaziyatda Karvaxal jarima maydonchasi ichida raqibini yiqitgan, biroq bosh hakam Xose Munuera Montero o'yinni davom ettirishga ruxsat bergan edi. "Bu jiddiy qoida buzilishi emas, chunki Dani raqibiga korpusi bilan tegib ketgan. Hakam kontaktni etarli emas deb hisobladi, bu oddiy to'qnashuv", - dedi ekspert.

Shuningdek, Iturralde vaziyatning texnik tomonlariga ham to'xtaldi: "Lunin to'pni egallab olgan edi. Bunday holatda penalti faqat sariq kartochka beriladigan qo'pollik ishlatilsagina belgilanishi mumkin edi. Agar to'p Lunindan qaytganida va Lorente o'yindan chiqarib yuborilganida, vaziyat boshqacha bo'lardi. Bu ehtiyotsizlik oqibatidagi fol emas".

Eslatib o'tamiz, ushbu epizodda VAR ham bosh hakamning qaroriga etiroz bildirmagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport