

"Real Madrid" – "Vilyarreal" 1:0
Gollar: 63 - Yan Diomande
“Real Madrid”: 1. Tibo Kurtua, 22. Antonio Ryudiger, 14. Orelen Chuameni, 16. Ibraima Konate, 12. Trent Aleksander-Arnold (7. Vinisius Junior, 52’), 18. Alvaro Karreras (17. Mark Kukurelya, 46’), 15. Arda Gyuler (6. Eduardu Kamavinga, 77’), 5. Jud Bellingem, 25. Yan Diomande (24. Denzel Dyumfris, 86’), 8. Federiko Valverde, 10. Kilian Mbappe.
Zaxira: 13. Andrey Lunin, 26. Serxio Mestre, 19. Karlos Espi, 20. Bernardu Silva, 27. Tyago Pitarch, 9. Endrik, 21. Braim Dias.
“Vilyarreal”: 25. Peter Gulachi, 6. Pau Navarro, 23. Serxi Kardona (9. Jorj Mikautadze, 67’), 8. Xuan Foyt (20. Karlos Romero, 56’), 3. Aleks Frimen, 12. Renatu Veyga, 18. Pap Geye, 10. Alberto Moleyro (27. Nizar El-Jmili, 86’), 14. Santyago Komesanya (24. Natan-Dilan Saliba, 56’), 22. Ayose Peres, 11. Ilyas Axomash (7. Jerar Moreno, 67’).
Zaxira: 1. Luis Junior, 2. Logan Koshta, 15. Santyago Mourinyo, 5. Alassan Diatta, 16. Karlos Masiya, 28. Xoselilo Gaytan, 21. Tani Oluvaseyi.
Ogohlantirishlar: 10 - Renatu Veyga, 19 - Jud Bellingem, 68 - Joze Mourinyo (“Real Madrid” bosh murabbiyi, maydon tashqarisida), 81 - Ibraima Konate, 83 - Antonio Ryudiger, 84 - Pau Navarro, 87 - Orelen Chuameni, 90+3 - Kilian Mbappe
Chetlatish: 73 - Vinisius Junior
90+8. O'yin yakunlandi.
90+5. “Real” oxirgi daqiqalarni raqib tomondagi burchakda o'tkazmoqda.
90+3. Yana bir sariq, bu safar Mbappega :)
90. O'yinning asosiy vaqtiga 7 daqiqa qo'shib berildi.
88. Mikautadzening erlatib bergan zarbasini Kurtua qaytardi.
87. Chuameniga ham sariq kartochka ko'rsatildi. Ajoyib.
83. Hakamning o'yinni boshqarishdagi hobbisi “Real” futbolchilariga kartochka berish bo'lyapti. Oxirgi 15 daqiqada jamoa murabbiyi va uch futbolchisiga (biriga qizil) kartochka ko'rsatildi.
80. Vilverde sal qolsa bosh bilan o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishi mumkin edi.
78. Mbappening zarbasini Gulachi qaytardi.
77. Geyedan navbatdagi zarba, bunisi noaniq.
76. Romeroning xavfli zarbasini Kurtua bartaraf eta oldi!
74. Endi o'yin yanada qizishi, shubhasiz!

73. YO'Q! Gol bekor qilindi! Vinisiusning o'zi gol bo'lgan holatdan avvalroq raqibning sochidan tortib qolgan. Shu bois VARda ko'rib chiqildi. Natijada Viniga QIZIL kartochka berildi. Dahshat!

71. GOL! Vinisius hisobni oshirdi! Jud chapdan kirib borib to'pni sherigiga uzatdi, Junior esa zarbada adashmadi!
69. Mbappe birga bir vaziyatga chiqib borib, gol ura olmadi… so'ng Jud darvozaga yaqin masofada aniq zarba berolmadi.
64. Yan uzoq muddatli golsiz seriyasiga chek qo'ydi! “Vilyarreal” endi qo'shsa kerak o'yinga.
64. Avvaliga gol offsayd deb topildi, biroq VARda ko'rib chiqilgach, “toza” ekanligi aytildi.

63. GOL! Diomande hisobni ochdi! Valverdening uzatmasidan so'ng Yan darvozani ishg'ol qildi!
61. Endigi zarba Veygadan bo'ldi, bunisi noaniq ketdi. Ikki daqiqa ichida uchta zarba ko'rdik “Vilyarreal” futbolchilaridan.
61. Geyedan yana bir zarba bo'ldi, bunisini ham Tibo qaytara oldi!
60. Geyedan kuchli zarba! Kurtua jamoasi joniga oro kirmoqda…
60. Vinisiusning erlatib yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Gulachi ushlab oldi.
58. Moleyroning erlatib bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
53. Vinisiusning “trivella” uslubida bergan uzatmasini Diomande darvozaga yo'lladi, ammo noaniq ketdi.
52. Qiziq jihati shundaki, Vini Diomandening o'rniga emas, Trentning o'rniga maydonga tushdi.
51. Vinisius Junior zaxiradan o'yinga qo'shilishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45. Birinchi bo'lim yakunlandi.
43. Gyuler to'pni o'ziga to'g'rilab olib zarba berdi, biroq anchagina noaniq ketdi.
40. Konatening bosh bilan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.
37. Temp biroz pasaydi, oxirgi daqiqalarda har ikki jamoada ham xatolar ko'paydi.
28. Judning zarbasidan so'ng to'p rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi.
24. Moleyroning zarbasi ancha noaniq ketdi.
21. Mbappe deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borib, darvozaga zarba berdi, Gulachi to'pni qaytardi!
17. Mehmonlar to'p nazoratida biroz ustunlik qilmoqda, bahs asosan maydon markazida kechmoqda.
7. Gyuler - Karreras - Mbappe kombinaciyasi yakunida to'p darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi…
4. Geyening uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Ispaniya La Ligasining 8-turidan o'rin olgan "Real Madrid" – "Vilyarreal" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



