PSJ "Le-Man"ni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
11 okt 2026, 02:02
Parijdagi "Park de Prens" stadionida kechgan bellashuvda mamlakatning amaldagi chempioni 3:1 hisobida zafar kuchdi.

Fransiya Liga 1ning 2026/2027 yilgi mavsumi 6-turidan o'rin olgan "Pari Sen-Jermen" va "Le-Man" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. Bahsni Matyo Vernis boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqardi.

19-daqiqada PSJ himoyachisi Lukas Beraldo penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 54-daqiqada mehmonlar hujumchisi Lui Mafuta Matvey Safonov darvozasini havolatib yo'llangan zarba bilan ishg'ol qildi. 61-daqiqada vinger Xvicha Kvaratsxeliya parijliklarni yana oldinga olib chiqdi. 68-daqiqada esa maydon egalarining yangi a'zosi Magnes Akliush uchinchi golni urdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan 90+3-daqiqada PSJ hujumchisi Dezire Due penaltidan unumli foydalana olmadi.

Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng PSJ ochkolari sonini 11 taga etkazib, turnir jadvalida 5-o'ringa ko'tarildi. 6 ochkoga ega "Le-Man" esa 12-pog'onada qoldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia