

Italiya A Seriyasi 2026/2027 yilgi mavsumining 6-turidan o'rin olgan "Inter" va "Parma" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. Bahsni bergamolik Kevin Bonachina boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
13-daqiqada xorvatiyalik Petar Suchich milanliklarni oldinga olib chiqdi. 18-daqiqada tayanch yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu penaltini aniq amalga oshirib, jamoasining ustunligini mustahkamladi. 31-daqiqada esa hujumchi Markus Tyuram hisobni yirik ko'rinishga keltirdi.
“Inter” - “Parma” 3:0
Gollar: Suchich 13, Chalxanoglu 18, Tyuram 31.
Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng 6 ta o'yinda 16 ochko jamg'argan "Inter" Italiya chempionati turnir jadvalida 1-o'rinni egallab turibdi. 4 ochkoga ega "Parma" esa 17-pog'onada bormoqda.



