

Manchesterliklar APLning joriy mavsumidagi dastlabki olti turda bor-yog'i olti ochko jamg'arishdi. Bu jamoaning Angliya chempionatlaridagi so'nggi 40 yildagi eng past ko'rsatkichi bo'ldi.
Maykl Kerrik shogirdlari "Tottenxem" bilan bahsda (1:1) 92-daqiqada gol o'tkazib yuborib, g'alabani qo'ldan boy berishdi. Jadvalda 12-o'rinni egallab turgan "MYU" tur yakunlariga ko'ra yanada quyiroqqa tushib ketishi mumkin.
Manchester klubi bundan ham yomonroq natijani oxirgi marta 1986/87 yilgi mavsumning shu bosqichida ko'rsatgan edi - o'shanda jamoa hisobida to'rt ochko bor edi.



