Jamshid Saidov: "Ikki ochko yo'qotdik deb o'ylayman"

Aslanov Jasurbek
10 okt 2026, 23:15
Superliga 23-turdan o'rin olgan "Qizilqum" – "Surxon" uchrashuvidan so'ng "Qizilqum" bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Uchrashuv yaxshi kechdi, o'yin tempini ushlab turish ham yaxshi bo'ldi. Afsuski, ikki ochko yo'qotdik deb o'ylayman. Qarshi hujumga chiqib vaziyatlar yaratdik, lekin foydalana olmadik. Yigitlarga harakat uchun rahmat aytaman. Endi keyingi bahsga hozirlik ko'ramiz.

- Barcha hujumlar qanotlar orqali tashkil qilinyapti, lekin to'p markazga ko'chganda umuman o'yin qovushmayapti. O'rtada yaxshi harakat qiladigan futbolchilar ko'rinmayapti. To'p o'rtada yo'qotilyapti va butun hujum chippakka chiqyapti.

- Biz bu o'yinga o'z rejamiz asosida tayyorgarlik ko'rgandik. To'g'ri, aksar hujumlarimiz qanotlar orqali amalga oshdi, ammo to'p o'rtaga uzatilganda hujumchilarimiz ulgurmay qolishdi. To'p nazorati ko'proq raqibda bo'ldi, shu bois qarshi hujum variantini qo'lladik. Raqib qanday o'yin namoyish etishini bilardik va bunga tayyor edik. "Surxon" deyarli vaziyat yarata olmadi. Bizda esa vaziyatlar bo'ldi, faqat hal qiluvchi zarbani bera olmadik.

- FIFA kunlarida bazi jamoalar 2-3ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi. "Qizilqum" esa faqat bitta o'yin bilan cheklandi.
- Biz geografik jihatdan ancha uzoqdamiz, shu bois o'zimizga yaqin "Buxoro" bilan o'ynadik. O'yin to'rtta taymdan iborat bo'ldi. Bazi futbolchilarimiz jarohat sabab maydonga tusha olishmadi.

- "Qizilqum" yana to'rt ochko olsa Ligadagi o'rnini saqlab qolishi mumkin.
- Buni hisoblab ko'rdingizmi?

- Men bu bilan shug'ullanmayman, lekin to'rt ochko yetishini bilaman. Jamoa bugun yutganida ikki ochko kerak bo'lardi. Endi to'rt ochko kerak bo'lyapti.
- Oldinda 7ta tur bor va qolgan uchrashuvlarda kerakli ochkolarni qo'lga kiritishga harakat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia