LIVE. La Liga. "Barselona" - "Real Madrid" 0:1 (matnli translyatsiya)

26 okt 2026, 00:50
Ispaniya La Ligasining 10-turidan o'rin olgan markaziy bahs – El Klasikoning matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

"Barselona" - "Real Madrid" 0:0

“Barselona”: 1. Joan Garsiya, 2. Joau Kanselu, 5. Pau Kubarsi, 18. Jerard Martin, 16. Rodri, 8. Pedri, 10. Lamin Yamal, 12. Xavi Espart (3. Aleks Balde, 30’), 7. Fermin Lopes, 17. Entoni Gordon, 11. Rafinya.

Zaxira: 13. Voycex SHHensni, 25. Dominik Livakovich, 41. Aleks Kampos, 4. Brayan Farinyas, 6. Gavi, 14. Karim Adeyemi, 21. Frenki de Yong, 22. Mark Bernal, 9. Gabriel Jezus, 29. Hamza Abdulkarim, 32. Orian Goren.

“Real Madrid”: 13. Andrey Lunin, 16. Ibraima Konate, 17. Mark Kukurelya, 14. Orelen Chuameni, 4. Din Xyoysen, 8. Federiko Valverde, 5. Jud Bellingem, 25. Yan Diomande, 15. Arda Gyuler, 20. Bernardu Silva, 10. Kilian Mbappe.

Zaxira: 26. Serxio Mestre, 3. Eder Militao, 12. Trent Aleksander-Arnold, 18. Alvaro Karreras, 22. Antonio Ryudiger, 24. Denzel Dumfris, 6. Eduardu Kamavinga, 19. Karlos Espi, 27. Tyago Pitarch, 9. Endrik, 21. Braim Dias, 40. Ilya Voloshin.

41. GOL! Mbappe hisobni ochdi!

40. Oxirgi daqiqalarda kataloniyaliklar o'yin tizginini qo'liga oldi.

34. Gordon juda qulay vaziyatdan zarba berdi, Lunin to'pni qaytardi!

33. Gyulerning uzatmasidan Mbappe akrobatik uslubda zarba berdi, ammo to'p osmon-u-falakka ketdi.

33. Rafinyadan navbatdagi zarba, bunisini erlatib berdi va biroz noaniq bo'ldi.

30. Balde Espart o'rniga o'yinga qo'shildi. Endi Kanselu o'ngga o'tdi, chapdan esa Aleks.

gettyimages-2301543750-2048x2048.jpg

29. Ie, endi Espart maydonga o'tirib oldi. U aniq almashtiriladi.

26. Valverde jarohat olgan bo'lishi mumkin, Dumfris mashg'ulotlarni boshlab yubordi.

26. Gyulyerdan navbatdagi zarba, bu safar to'p rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi.

24. Rafinya qulay vaziyatga chiqib turib zarba berdi, birozgina noaniq bo'ldi…

23. Ferminning zarbasi rekoshetga uchrab, to'p Luninga borib tushdi.

22. Rafinyaning zarbasi noaniq ketdi.

20. Temp hozircha o'ta yuqori emas, hujumlar ham xavfli bo'lmapti.

18. Ardaning uzoqdan yo'llagan zarbasini Garsiya qaytarib yubordi…

15. Gordondan navbatdagi zarba, bunda ham to'pni Lunin ushlab oldi.

10. Espart maydon markazida yiqitildi, madridliklar esa bunga etiroz bildirishdi. Bosh hakam va Mourinyoning suhbati bo'lib o'tdi.

7. Gordonning chap tomondan yo'llagan zarbasidan so'ng Lunin to'pni ushlab oldi.

5. Gyuler qulay vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, biroq noaniq bo'ldi.

3. Xyoysen to'pni uzatishda xato qilgandi, biroq Yamal ham yaxshi harakat qila olmadi bu vaziyatda.

2. Ilk daqiqalardan to'p nazorati mezbonlarda.

1. El-Klasiko boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Stadionda esa “Barselona” madhiyasi. Muxlislardan ajoyib performans!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Ispaniya La Ligasining 10-turidan o'rin olgan markaziy bahs – "Barselona" - "Real Madrid" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia