

Ro'yxatga ko'ra, O'zbekistondan jami 19 ta futbol klubi OCHL Elit va OCHL-2 musobaqalari uchun licenziyalashtirish jarayonidan muvaffaqiyatli o'tgan. Ushbu jamoalar quyidagilardan iborat: OKMK, "Andijon", "Buxoro", "Dinamo", "Bunyodkor", "Mashal", "Nasaf", "Xorazm", "Qo'qon-1912", "Metallurg", "Navbahor", "Neftchi", "Paxtakor", "Lokomotiv", "So'g'diyona", "Aral", "Qizilqum", "Sho'rtan" va "Surxon".
Shuningdek, OFK talablariga asosan, OCHL Elit va OCHL-2 musobaqalari uchun licenziyani qo'lga kiritgan klublar uchinchi darajali turnir – Osiyo Chelenj ligasida ham ishtirok etish huquqiga ega deb hisoblanadi.



