Kurtua gripp sababli "Barselona"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi

Aslanov Jasurbek
25 okt 2026, 15:20
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua gripp tufayli La Liganing 10-turi doirasida bugun, 25 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan "Barselona"ga qarshi o'yinda ishtirok eta olmaydi.

Bu haqda "Qirollik klubi" matbuot xizmati rasmiy saytda xabar bermoqda.

Belgiyalik futbolchining o'rniga "Real" qaydnomasiga 19 yoshli darvozabon Ilya Voloshin kiritildi.

O'yin Barselonadagi "Spotifay Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.

Joriy mavsumda Kurtua barcha turnirlarda 12 ta o'yinda ishtirok etib, ularning ikkitasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. O'yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 15 mln evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com