Ayman Husayn: "O'zbekiston chempionati Iroq ligasidan ancha farq qiladi"

Aslanov Jasurbek
25 okt 2026, 23:17
"Paxtakor" klubining iroqlik hujumchisi Ayman Husayn O'zbekiston chempionati haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Shuningdek, futbolchi Toshkent klubidagi faoliyati va kelajakdagi rejalariga ham to'xtalib o'tdi.

"O'zbekiston chempionati boshqacha, bu yerdagi muhit ham farq qiladi. Ochig'i, u Iroq chempionatiga o'xshamaydi. Ayniqsa, jismoniy va taktik jihatdan sezilarli tafovut bor.

Masalan, Iroqda "Al-Quva al-Javiya" va "Az-Zavro" o'zaro to'qnash kelganda, jamoalar navbatma-navbat hujum qiladi. Bir jamoa 10 daqiqa davomida bosim o'tkazib, keyingi 10 daqiqada himoyalanishi kabi holatlar deyarli kuzatilmaydi.

"Paxtakor" va "Al-Qodisiya" o'rtasidagi uchrashuvda esa buni ko'rdik. Biz raqibni 20 daqiqa davomida bosim ostida ushlab turdik, so'nggi daqiqalarda ham hujumlarni kuchaytirdik.

Eng katta farq jismoniy tayyorgarlik va o'yin muhiti bilan bog'liq. Bularga moslashish uchun vaqt kerak. Biz O'zbekistondagi sharoitga ko'nikdik va bu yerdagi faoliyatimiz muvaffaqiyatli kechishini istaymiz.

Hozircha "Paxtakor"da faoliyatimni davom ettiraman. Shartnomam tugagach, kelajagim borasida qaror qabul qilaman va keyingi mavsum qaysi jamoada o'ynashimni aniqlayman", - dedi Husayn.

Ma'lumot uchun, 30 yoshli hujumchi "Paxtakor" safida hozirgacha O'zbekiston chempionatining 9 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Osiyo Chempionlar ligasi Elit turnirida 2 ta o'yinda ishtirok etdi, biroq gol ura olmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia