LIVE. YCHL. "Atletiko Madrid" – "Arsenal" 1:1 (matnli translyatsiya)

30 apr 2026, 00:45
Yevropa Chempionlar Ligasining 1/2 final bosqichidan o'rin olgan uchrashuvning matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

“Atletiko Madrid” – “Arsenal” 1:1

Gollar: 44 - Viktor Yokeresh, 56 - Xulian Alvares

“Atletiko Madrid”: 13. Yan Oblak, 3. Matteo Rujeri, 14. Markos Lorente, 18. Mark Pubil, 17. David Gancko, 20. Juliano Simeone (24. Roben Le Norman, 46’), 6. Koke, 5. Jonni Kardozo, 22. Ademola Lukman, 7. Antuan Grizmann, 19. Xulian Alvares.

Zaxira: 1. Xuan Musso, 31. Salvi Eskivel, 15. Kleman Langle, 16. Nauel Molina, 32. Xaver Bonyar, 34. Xulio Dias, 4. Rodrigo Mendosa, 11. Tyago Almada, 21. Obed Vargas, 9. Aleksandr Syorlot, 10. Aleks Baena.

“Arsenal”: 1. David Rayya, 2. Vilyam Saliba, 6. Gabriel Magalyayns, 5. Pero Inkape, 4. Ben Uayt, 41. Deklan Rays, 36. Martin Subimendi, 8. Martin Edegor, 11. Gabriel Martinelli, 14. Viktor Yokeresh, 20. Noni Madueke.

Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 35. Tommi Setford, 3. Kristyan Moskera, 33. Rikkardo Kalafori, 49. Maylz Lyuis-Skelli, 89. Marli Selmon, 16. Kristian Nyorgor, 19. Leandro Trossard, 56. Maks Doumen, 7. Bukayo Saka, 9. Gabriel Jezus, 10. Eberechi Eze.

57. Hisob tenglashdi, har ikki gol ham penaltidan urildi. Hammasi qaytadan boshlanadi!

56. GOL! Alvares penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi!

55. Penalti, “Arsenal” darvozasi tomonga endi!

54. Lorentening zarbasidan so'ng to'p “Arsenal” futbolchisining qo'liga tegdi, holat VARda ko'rilmoqda.

53. Zo'r vaziyat! Alvares Lukmanga yaxshi pas berdi, uning zarbasini Rayya qaytardi, Grizmann qaytgan to'pga zarba berdi, bu safar himoyachi to'pni qaytarib yubordi!

49. Alvares chamasi 30 metrlardan qo'yilgan jarima zarbasidan zarba berdi, ammo biroz noaniq bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Dastlabki bo'limdan keyingi statistika:

To'p nazorati - 48% - 52%

Darvoza tomon zabarlar - 5 - 6

Aniq zarbalar - 1 - 1

Burchak zarbalar - 1 - 1

Uzatmalar aniqligi - 80% - 90%

Seyvlar - 0 - 1

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Rujering havolatib uzatgan to'pni Lukman bosh bilan zarba berdi, biroq noaniq.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Hisob ochildi, endi o'yin ochilib ketarmikin? Katta ehtimol buni 2-bo'limda ko'ramiz.

gettyimages-2273139871-2048x2048.jpg

44. GOL! Yokeresh penaltidan hisobni ochdi! Viktor o'ziga ishlagan jarimani, o'zi aniq amalga oshirdi!

42. Penalti, “Atletiko” darvozasi tomon! Yokereshga nisbatan qo'pollik ishlatildi!

42. Juliano o'ngdan oldinga yurish qilib to'pni markazga uzatdi, to'p Alvaresga kelib tushdi, u esa to'pni o'ziga to'g'rilaomqchi bo'lib, uzoqlashtirib yubordi.

38. Jamoalar o'zidan kutilgan - ortiqcha faolliksiz, hujumlarga boy bo'lmagan o'yinni namoyish etishmoqda.

gettyimages-2273139721-2048x2048.jpg

35. Mazkur uchrashuvni bevosita stadiondan turib Ispaniya Qiroli Filipp VI kuzatib bormoqda.

30. Maduekening uzoq masofadan bergan kuchli zarbasi birozgina noaniq bo'ldi.

21. Yokereshning burni qonab ketdi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

15. Yokeresh qarshi hujumga qochib ketdi, to'pni markazga - Edegorga uzatdi, uning tepgan to'pini madridliklar vakili qaytarib yubordi!

14. Alvaresdan zo'r zarba, Rayyadan ajoyib seyv! Yaxshi vaziyat ko'rdik, nihoyat!

11. O'yinning dastlabki dekadasi yakuniga etdi. Hozircha aytarli xavfli vaziyat ko'rmadik.

6. “Arsenal”dan dastlabki zarba: Inkapening zarbasi sherigi Mantinelliga tegib, maydonni tark etdi.

1. Ilk daqiqalardanoq maydon egalari faol, hujum yakuniga etmay qoldi.

1. O'yin boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Yevropa Chempionlar Ligasining 1/2 final bosqichidan o'rin olgan “Atletiko Madrid” – “Arsenal” uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!


Manba: championat.asia