"Lacio" "Monca"ni mag'lub etib, A Seriya jadvalida ikkinchi o'ringa ko'tarildi

Aslanov Jasurbek
11 okt 2026, 20:57
Italiya A Seriyasining 2026/2027 yilgi mavsumi 6-turidan o'rin olgan "Lacio" va "Monca" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.

Rimdagi "Olimpiko" stadionida kechgan bellashuv Juzeppe Kollu boshchiligidagi hakamlar brigadasi tomonidan boshqarildi. Uchrashuv maydon egalarining 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

O'yindagi hisobni 3-daqiqada "Lacio" himoyachisi Nunu Tavaresh ochdi. 23-daqiqada hujumchi Gustav Isaksen rimliklarning ustunligini oshirdi. 35-daqiqada "Monca" a'zosi Lorenso Lukkezi qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. 46-daqiqada mehmonlar himoyachisi Saba Goglichidze hisobdagi farqni qisqartirdi. 88-daqiqada esa hujumchi Andrea Pinamonti "Monca" darvozasiga uchinchi to'pni kiritdi.

“Lacio” - “Monca” 3:1
Gollar: Tavaresh 3, Isaksen 23, Pinamonti 88 - Goglichidze 46.

Chetlatish: Lukezzi 35

A Seriyadagi oltita o'yindan so'ng 16 ochko jamg'argan "Lacio" turnir jadvalining ikkinchi pog'onasidan joy oldi. 4 ochkoga ega "Monca" esa 17-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia