Klarens Zeedorf - "Korintians" bosh murabbiyi

Aslanov Jasurbek
11 okt 2026, 20:36
Braziliyaning "Korintians" klubi rasmiy saytida "Milan", "Real" va Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Klarens Zeedorf jamoaning bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qildi.

San-Paulu klubi bilan mutaxassis o'rtasidagi mehnat shartnomasi 2027 yilning oxiriga qadar mo'ljallangan.

- Bunday chaqiruvni qabul qilish katta sharaf, shu bilan birga ulkan mas'uliyatdir. Men bor kuchimni bag'ishlash hamda har bir to'p, har bir daqiqa va har bir g'alaba uchun kurashadigan jamoa qurish uchun keldim, - dedi Zeedorf "Korintians" matbuot xizmatiga bergan izohida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://www.corinthians.com.br