Mussolinining evarasi bobokaloni 100 yil avval ochgan stadionda debyut qildi

Sherzod Nurmatov
25 avg 2026, 17:35
Himoyachi Romano Floriani Mussolini “Lacio” asosiy tarkibida debyut o'yinini o'tkazdi.

23 yoshli futbolchi Rim klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, biroq 2023 yildan buyon ijara asosida Italiyaning boshqa jamoalarida to'p tepib kelayotgandi.

Floriani “Bolonya”ga qarshi bahsning (1:0) 19-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va sariq kartochka oldi.

Floriani - 1925–1945 yillarda fashistik Italiya hukumati rahbari bo'lgan Benito Mussolinining evarasi.

E'tiborli jihati shundaki, diktator 1926 yilning oktyabr oyida “Bolonya” arenasini shaxsan o'zi ochgan bo'lib, Mussolini rejimi ag'darilguniga qadar bugungi kunda “Renato Dal-Ara” nomi bilan ataluvchi ushbu stadionda duchening ot ustidagi haykali o'rnatilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif