Ulug'bek Bakaev: "Temurxo'ja Abduxoliqov o'z ishining ustasi"

Aslanov Jasurbek
11 okt 2026, 18:56
"So'g'diyona" - "Lokomotiv" bahsidan (2:3) so'ng mezbon jamoa ustozi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ulug'bek Bakaev: “O'yinni raqibga bosim qilmay boshladik, “Lokomotiv” bo'limda to'pni nazorat qildi. Ularda xavfli vaziyatlar paydo bo'ldi, ammo shunga qaramay gol urishga muvaffaq bo'ldik. Shunga qaramay tez gol o'tazib yubordik. Ikkinchi bo'limda agressivroq o'ynay boshladik, tez gol o'tkazib yubordik, biroq hisobni tenglashtira oldik. Uchinchi gol… “Lokomotiv” ikkita bir xil gol urdi. Bahs uchun yigitlarga rahmat, bu futbol. Keyingi o'yinga tayyorlanamiz”.

- Bugun 50-raqamda Shohruz Kamolov maydonga tushdi. U U-19 chempionati to'purari hisoblanadi. Uning o'yiniga qanday baho berasiz?
- Har bir futbolchi katta futboldagi faoliyatini turlicha boshlaydi. Mashg'ulotlarda, uchrashuvlarda uni kuzatib bordik. Bu Kamolovning birinchi bahsi, hamma harakati ham muvaffaqiyatli bo'lmagandir, hayajon bo'lgani aniq. Menimcha, u kelajakda yaxshi hujumchi bo'ladi.

- FIFA kunlari “So'g'diyona”ga qanday ta’sir qildi, chunki tanaffus katta edi?
- Odatdagidek tayyorlandik. Mashg'ulotlar o'tkazildi, kayfiyat yaxshi edi. Bugun gollar urishga muvaffaq bo'ldik. “Lokomotiv” safida Temurxo'ja Abduxoliqovni ajratib ko'rsatgan bo'lardim, u o'z ishining ustasi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia