

Belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua Madridning "Real" klubida o'ynashda davom etish uchun moliyaviy jihatdan manfaatliroq bo'lgan takliflarni rad etishga qaror qildi. Bu haqda Diario AS nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, posbon amaldagi jamoasida qolish istagini bildirgan. Futbolchi amaldagi shartnomasini to'liq o'tab, professional faoliyatini aynan Madrid klubi safida yakunlashni rejalashtirayotgani xabar qilingan.
Kurtua 2018 yilning yozida "qaymoqranglilar" o'yinchisiga aylangan edi. Madridning "Real" klubi libosida belgiyalik posbon 14 ta sovrinni qo'lga kiritdi, shu jumladan ikki marta UEFA Chempionlar ligasi g'olibi bo'ldi. Joriy mavsumda Kurtua klub miqyosidagi barcha musobaqalarda sakkizta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan to'qqizta to'p o'tkazib yubordi.



