"Kristal Pelas" "Barselona" sobiq futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi

9 iyul 2026, 23:09
"Barselona"ning sobiq himoyachisi Oskar Mingesa "Selta"dan "Kristal Pelas"ga o'tdi, deb xabar bermoqda ingliz klubi sayti.

27 yoshli ispaniyalik futbolchi yangi klubi bilan to'rt mavsumga - 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. U “Kristal Pelas”ga erkin agent sifatida o'tdi.

Yozda Mingesaning 2022 yilning yozidan beri o'ynagan "Selta" bilan shartnomasi tugadi. Himoyachi Ispaniya klubida 147 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Mingesa "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: cpfc.co.uk