

Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
"Kristal Pelas" o'z himoyachisini kamida 64 million evroga baholamoqda. Klub narxni aniqlashda van Xekkening yaqinda "Brayton"dan "Tottenxem"ga o'tganini hisobga olgan.
Lakrua 2024 yilning yozida "Volfsburg"dan "Kristal Pelas"ga o'tgan va jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylangan. U qisqa vaqt ichida Fransiya terma jamoasida debyut qildi va klubga Konferenciyalar ligasi, Angliya kubogi va Superkubogini yutishda yordam berdi.



