Advokat Kyurasao terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
10 sen 2026, 11:45
Niderlandiyalik 78 yoshli mutaxassis Dik Advokat Kyurasao terma jamoasi bilan bitimni uzaytirdi, deb xabar berdi Kyurasao futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

Niderlandiyalik murabbiy bilan yangi shartnoma 2027 yil 31 iyulgacha amal qiladi.

"Futbolchilar bilan birgalikda erishgan natijalarimiz ustida ishlashni davom ettirishni intiqlik bilan kutyapman", – dedi Advokat.

Mutaxassis 2024 yilda Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Uning qo'l ostida jamoa o'z tarixida ilk bor JCH final bosqichiga yo'l oldi. Kyurasao termasi JCH-2026 musobaqasida Germaniya (1:7) va Kot-d'Ivuar (0:2) jamoalariga imkoniyatni boy berdi, Ekvador bilan durang (0:0) o'ynab, "E" guruhida to'rtinchi o'rinni egalladi.

Advokat Jahon chempionatlari tarixidagi eng yoshi katta murabbiyga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ffk.cw