

"Manchester Siti" - "Koventri Siti" 1:0
Gollar: 26 - Erling Holand
“Manchester Siti”: 1. Janluiji Donnarumma, 45. Abduqodir Husanov, 3. Ruben Diash, 6. Mark-Izrael Gexi, 24. Yoshko Gvardiol, 17. Enco Fernandes (32. Ayyub Buaddi, 76’), 5. Elliot Anderson, 42. Antuan Semeno, 7. Iliman Ndiaye (56. Rayan Makaydu, 87’), 9. Erling Holand, 10. Rayan Sherki (47. Fil Foden, 66’).
Zaxira: 28. Xeronimo Ruli, 27. Mateus Nunesh, 8. Mateo Kovachich, 21. Rayan Ait-Nuri, 82. Riko Lyuis.
“Koventri Siti”: 19. Karl Rashvort, 4. Bobbi Tomas, 27. Milan van Eveyk, 24. Orel Amenda, 3. Jey Dasilva (38. Gustavo Xamer, 85’), 2. Itan Pinnok, 6. Mett Graymz, 16. Frenk Oneka (8. Kaleb Yirenki, 63’), 5. Jek Rudoni (18. Lum Chauna, 63’), 10. Efron Meyson-Klark (23. Brendon Tomas-Asante, 71’), 14. Tayvo Avoniyi (9. Ellis Simms, 71’).
Zaxira: 25. Deniel Bentli, 7. Tacuxiro Sakamoto, 22. Joel Latibode, 29. Viktor Torp.
Ogohlantirishlar: 19 - Milan van Eveyk, 90+2 - Itan Pinnok, 90+5 - Abduqodir Husanov
90+5. O'yin yakunlandi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
87. Ilimanga tibbiy yordam ko'rsatildi va almashtirildi u.
86. Ndiaye jarohat oldi yoki charchadi, u maydonda o'tirib olgan.
80. Husanovning xatosidan so'ng Simms yaqin masofadan zarba berdi, Donnarumadan seyv!
78. Foden darvozagacha 4 metrlar masofadan zarba berdi, biroq raqib himoyachisi qaytardi…
75. O'yin yakuniga qraab borar ekanmiz tobora mehmonlarning faolligi ortib, hujumlari soni oshayotganini ko'rish mumkin.
73. Holand o'ziga uzatib berilgan to'pga zarba bera olmadi.
70. Chaunaning erlatib yo'llagan kuchli zarbasini Donnaruma qaytardi!
63. Eliot Anderson bir necha bor raqib jarima maydonchasiga to'pni uzatdi, biroq yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmayapti.
58. Holand gol urdi, biroq bu holatda offsayd bo'lgan ekan.
55. Sherkining ajoyib harakatlaridan so'ng Ndiaye yaxshi vaziyatga ega bo'lgandi, ammo darvozaga zarba berolmadi.
48. Ndiaye bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
44. Erling darvozabon bilan birga-bir chiqib borib, zarba berdi, Rashvortdan seyv!
42. Encodan navbatdagi zarba, bunisi noaniq bo'ldi.
35. Enconing ketma-ket yo'llagan ikki zarbasiga raqib himoyachilariga “blok” qo'ya oldi.
28. Yana “Siti” oldinga o'tmoqda: Gvardiolning chapdan erlatib uzatgan to'pini raqib himoyachilari qaytarib yuborishdi.
27. Gol ko'rdik o'yinda, endi “Koventri” ham faollikni oshirsa kerak.

26. GOL! Holand hisobni ochdi! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Erling boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi!
24. Rudonining darvozaga yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Janluiji qaytarmovqda!
23. Sherkining jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi…
18. Semeno darvozaboning ustidan to'pni oshirib aldadi, ammo darvoza tomon zarba berolmadi.
16. Holandning kuchli zarbasidan so'ng to'pni Rashvort qaytardi!
15. Yana to'p nazorati bo'yicha ustunlik maydon egalarida bo'lib turibdi. Biroq hozircha ular aytarli vaziyat yarata olishmadi.
8. Dahshat vaziyat… Avoniyi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, ammo biroz noaniq ketdi…
6. Donnarumma sal qolsa o'z darvozasiga to'p kiritib qo'yishi mumkin edi… darvozabon to'pni to'xtatishda xatoga yo'l qo'ydi.
5. Dastlabki daqiqalarda manchesterliklar to'p nazoratini o'zlariga olmoqda.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni APL 3-tur doirasidagi "Manchester Siti" - "Koventri Siti" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



