

"Xulian Alvares juda yaxshi o'yin o'tkazdi. U so'nggi daqiqalargacha kurashdi. U men undan kutgan narsani maydonda ko'rsatdi", – dedi Simeone.

Iyun oyining o'rtalarida Alvares Madrid klubini tark etish istagi borligini bildirgandi. OAV tarqatgan xabarlarga ko'ra, "Barselona" Argentina terma jamoasi futbolchisini xarid qilish uchun 130 million evro sarflashga tayyor bo'lgan, biroq Madrid klubi taklifni rad etgan.
Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 2-turida "Liverpul" LASK bilan o'ynaydi (14 oktyabr), "Atletiko" esa "Manchester Yunayted" bilan kuch sinashadi (13 oktyabr).



