

48 yoshli ispaniyalik mutaxassis bilan shartnoma 27 noyabrgacha mo'ljallangan bo'lib, Moreno yaqin oradagi oltita o'yinda jamoani boshqaradi. Kelishuvga shartnoma muddati tugaganidan keyin ham ishni davom ettirish imkonini beruvchi band kiritilgan. Nomzod ochiq tanlov asosida tanlab olingan bo'lib, bundan oldin ekspertlar komissiyasi tuzilgan edi.

Iyun oyida Koreya Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi Xon Myon Bo JCH-2026 dan chiqib ketgach, jamoani tark etishini e'lon qilgandi.
Koreya terma jamoasi guruh bosqichida Meksika (0:1) va JAR (0:1) termalariga imkoniyatni boy berib, Chexiya termasini (2:1) mag'lub etdi. Jamoa "A" guruhida uchinchi o'rinni egallab, pley-off bosqichiga chiqa olmadi.
2019 yilda Moreno Ispaniya terma jamoasini ham boshqargan edi.
Eslatib o'tamiz, Koreya 6 oktyabr kuni o'z uyida O'zbekiston MTJni mehmon qiladi.



