

Ispaniyalik hujumchi xet-trik qayd etib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"O'yin oldidan hech qachon xet-trik kutmaysan. Bor kuch bilan o'ynash, faol pressing qilish va to'p yo'qotilgandan so'ng darhol kurashga kirishish kerak edi. PSJ buni juda yaxshi uddaladi. Raqib maydonida to'pni ko'p marta olib qo'ydik va umuman olganda ajoyib o'yin o'tkazdik.
Baxtliman, o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Bunday sheriklar bilan o'ynash oson, shu sababli shunchaki maksimal darajada zavq olishga, maydonda ham, maydon tashqarisida ham quvonishga harakat qilyapman", – dedi Torres.
PSJ 2-turda "Manchester Siti" bilan bahs olib boradi, "Slovan" esa "Shtutgart" bilan to'qnash keladi. Har ikkala o'yin 14 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.



