MYU ketma-ket 7 ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti - 4 ta mag'lubiyat, 3 ta durang

Aslanov Jasurbek
22 okt 2026, 00:06
"Manchester Yunayted" g'alabasiz seriyasini uzaytirdi.

Maykl Kerrik jamoasi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida "Komo"ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu mankunianliklar uchun oxirgi ettita o'yindagi to'rtinchi mag'lubiyat bo'ldi, shuningdek, ushbu oraliqda ular uch marta durang o'ynashdi.

Takidlash joizki, joriy mavsumdagi 11 ta o'yinda "Yunayted" bor-yo'g'i ikkita g'alabani qo'lga kiritdi - "Ipsvich" (5:2) va "Sabax" (4:0) ustidan.

"Manchester Yunayted"ning g'alabasiz seriyasi:

  • "Manchester Siti" - 0:1 (uyda)

  • "Brayton" - 2:3 (uyda)

  • "Fulxem" - 1:1 (mehmonda)

  • "Tottenxem" - 1:1 (uyda)

  • "Atletiko" - 0:2 (mehmonda)

  • "Lids" - 1:1 (mehmonda)

  • "Komo" - 1:4 (mehmonda)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru