"Real" kiyinish xonasidagi muammolar: Mbappe faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin

Iskandarov Abdulaziz
8 okt 2026, 09:49
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe 2027 yilda "Liverpul"ga o'tishi mumkin, deb xabar beradi ispan jurnalisti Fransua Galyardo.

Ma'lumotlarga ko'ra, mersisaydliklar klub forvardining onasi va agenti Fayza Lamari bilan allaqachon bog'lanishgan. Manbaning takidlashicha, Angliya Premer-ligasi jamoalari orasida fransiyalik futbolchi uchun ustuvor yo'nalish aynan “Liverpul” hisoblanadi.

Galyardo Mbappe “Real” kiyinish xonasida o'zini etarlicha qo'llab-quvvatlashayotganini his qilmayotgani va bundan noqulaylik sezayotganini bildirgan. Eslatib o'tamiz, hujumchi 2024 yilning yozida PSJ bilan shartnomasi yakuniga etgach, erkin agent sifatida Madrid klubi safiga qo'shilgan edi. Uning “Qirollik klubi” bilan amaldagi bitimi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Mbappe “Real” tarkibida jami 111 ta uchrashuv o'tkazib, 94 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, sentyabr oyida forvardning asosiy maqsadi “Oltin to'p”ni madridliklar safiga qaytarish ekanligini aytgandi. Fransiyalik futbolchi 2026 yilgi mazkur nufuzli mukofotga da'vogarlarning 30talik ro'yxatiga kiritilgan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia