"Real"da intizom muammosi: Joze Mourinyu Kilian Mbappening harakatlaridan norozi

Iskandarov Abdulaziz
8 okt 2026, 08:37
Madridda yana muammo.

“Real” bosh murabbiyi Joze Mourinyu Kilian Mbappening jarohatdan tiklanish jarayonidagi xatti-harakatlaridan norozi bo'ldi, deb xabar beradi Footmercato nashri Marca manbasiga tayanib. Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis fransiyalik hujumchining safarlari, shuningdek, dushanba kuni mashg'ulotdan keyin Madridga qaytganidan qoniqish hosil qilmagan.

Xususan, Mourinyuni Mbappening Shveytsariya Alplariga velosipedda sayr qilishga borgani qattiq g'azablantirgan. Portugaliyalik murabbiy jarohat olish xavfi yuqoriligi sababli velosiped haydashni o'z futbolchilari uchun maqbul mashg'ulot deb hisoblamaydi.

Eslatib o'tamiz, Mbappe Millatlar ligasi doirasida Turkiyaga qarshi kechgan bahsda (1:0) olgan jarohati tufayli Fransiya terma jamoasi ixtiyorini muddatidan oldin tark etgan edi. Uchrashuvda yagona golga mualliflik qilgan hujumchi Madridga qaytgach, Parijga borib, o'z qiz o'rtog'i Ester Eksposito bilan tungi klubda oqshomni o'tkazishga ulgurdi, shundan so'ng Shveytsariya Alplariga yo'l oldi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: marca