

Forvard "Bavariya"da aql bovar qilmas formada – Keyn nemis jamoasidagi birinchi mavsumida Bundesligada 36 ta gol urdi va Yevropaning "Oltin butsasi"ni qo'lga kiritdi.
Keyn "Bavariya" uchun muhim o'yinchi bo'lishiga qaramay, Premer-ligaga qaytishi mumkin. 31 yoshli futbolchiga "Liverpul", "Chelsi" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, angliyalik forvard o'z chempionatiga qaytishni istasa, klub uning yo'liga to'siq qo'ymaydi.
Keyn uchun qo'shimcha motivaciya – 260 ta gol bilan APL to'purari bo'lib turgan Alan Shirerning rekordini yangilash. Rekordni yangilash uchun u 47 ta gol urishi kerak.



