"Manchester Yunayted" so'nggi 53 yildagi eng yomon natijani qayd etdi

Sherzod Nurmatov
2 noya 2026, 16:27
Angliya chempionatining 9-turi doirasidagi safar uchrashuvida "Manchester Yunayted" Londonning "Chelsi" klubi bilan bahslashdi.

Maykl Kerrik shogirdlari 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

“Sky Sport News” xabariga ko'ra, "qizil iblislar" 1973 yildan beri ilk bor dastlabki 7 ta safar o'yinining birortasida ham g'alaba qozona olmadi. 1973/1974 yilgi mavsumda mankunianlar jadvalda oxirgidan oldingi o'rinni egallab, elit divizionini tark etgandi.

Joriy mavsumda "Manchester Yunayted" safarda 7 ta o'yin o'tkazdi. Jamoa uch bor durang o'ynab, to'rt marta mag'lubiyat alamini tortdi.

Bugungi holatga ko'ra, jamoa APLda atigi 18-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport News