"Manchester Yunayted" Fransiya terma jamoasi hujumchisini sotib olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
2 noya 2026, 18:25
"Kristal Pelas" forvardi Jan-Filipp Mateta "Manchester Yunayted"ning qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.

Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, "qizil iblislar" qishki transfer oynasi oldidan fransiyalik hujumchi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. Matetaning "burgutlar" bilan tuzgan bitimi kelgusi yilning yozida yakuniga etadi, tomonlar esa hozircha hamkorlikni uzaytirish bo'yicha kelishib olishmagan.

29 yoshli forvard Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 4 ta o'yin o'tkazib, 1 ta qizil kartochka oldi. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining transfer qiymatini 30 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira