

Sudga arizani Buyuk Britaniya Soliq va bojxona xizmati (HMRC) kiritgan. Hozirda “Sky Sports” va CBS telekanallarida ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan 48 yoshli sobiq futbolchi ushbu ish bo'yicha sud majlisida ishtirok etdi.
"Biz qarzdorligi bor soliq to'lovchilarni qo'llab-quvvatlashga harakat qilamiz va biz bilan hamkorlik qilayotganlarga qarzdan chiqib ketishlari uchun barcha choralarni ko'ramiz - masalan, to'lovni bo'lib-bo'lib to'lashni taklif qilamiz. Biz bankrotlik to'g'risidagi arizani faqat eng so'nggi chora sifatida taqdim etamiz", – dedi HMRC vakili.
Vaziyatdan xabardor manbalar ushbu masala yaqin vaqt ichida hal etilishini kutmoqda.



