Kiganda saratonning 4-bosqichi: "Shifokor menga yangi davolash usulini taklif qildi: "Uning samaradorlik ko'rsatkichi hayratlanarli – 33%!" Men esa…”

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2026, 22:24
Kevin Kigan o'zida saraton (rak) kasalligining 4-bosqichi aniqlanganini ma'lum qildi.

"Liverpul", "Nyukasl", "Sautgemptona", "Gamburg", "Skantorp" klublari va Angliya milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi og'ir xastalikka qarshi kurashi haqida gapirib berdi. Shu yilning yanvar oyida "Nyukasl" klubi sobiq futbolchida saraton aniqlanganini e'lon qilgan edi. Endilikda Kigan kasallik to'rtinchi bosqichga o'tganini oshkor qildi.
"Men avtohalokatga uchradim va shu sababli jarrohlik amaliyotini o'tkazishimga to'g'ri keldi. Operaciyadan oldingi tekshiruvlar davomida menda saraton aniqlandi. Menga men chalingan xastalik - saratonning to'rtinchi bosqichi bilan kurashadigan yuqori toifali shifokor borligini aytishdi.
Men uning qabuliga bordim. U "Liverpul" muxlisi ekan, shuning uchun yolg'iz qolib ketmasligimni bildim. U: "Kevin, bu yangi davolash usuli, menda u hayratlanarli samaradorlik ko'rsatkichini qayd etdi", dedi. Men undan: "Samaradorlik foizi qancha?" deb so'radim. U: "33%", deya javob berdi. Men esa 80-90% bo'ladi deb o'ylagandim. Yo'q, 33%!
Hozircha men hali ham shu yerdaman (hayotman)", - dedi 75 yoshli Kigan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC