Superkompyuter bashorati: "Opta" O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2026dagi imkoniyatlarini qanday baholadi?

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2026, 23:30
Dunyoga mashhur "Opta Analyst" statistika platformasi 2026 yilgi Jahon chempionati boshlanishi arafasida terma jamoalarning imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.

Bugun, 1 iyun kuni e'lon qilingan tahlilda mundial ishtirokchilarining 21-o'rindan 48-o'rinigacha bo'lgan qismi borasida ma'lumot berildi. Unda o'z tarixida ilk bor dunyo birinchiligiga yo'llanma olgan O'zbekiston milliy terma jamoasi ham bor.
Xo'sh, superkompyuter vakillarimizning imkoniyatlarini qanday baholamoqda?
Statistikaga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi umumiy ro'yxatda 43-o'rinda qayd etilgan. "Opta" bashoratiga ko'ra, vakillarimizning ko'rsatkichlari quyidagicha ko'rinish olgan:
Chorak finalga chiqish imkoniyati: 3.9%
Yarim finalga chiqish imkoniyati: 1.1%
Finalga yetib borish imkoniyati: 0.2%
Musobaqa g'olibi bo'lish (chempionlik) imkoniyati: 0.1%

_JP82280 (1).jpeg


Osiyo qitasining boshqa vakillariga nazar tashlasak, Iordaniya 41-o'rinda (chorak final imkoniyati 3.8%), Saudiya Arabistoni 42-o'rinda (3.6%) va Qatar 45-o'rinda (4.8%) joylashgan. Mintaqamiz yetakchilaridan Eron 32-o'rinda (9.3%), Avstraliya esa 29-o'rinda (9.8%) bormoqda. Ushbu ro'yxatni esa 21-o'rinda turgan Turkiya terma jamoasi boshqarib turibdi (chorak final imkoniyati 16.9%).
Eslatib o'tamiz, JCH-2026 bahslari AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo'lib o'tadi.
Sizningcha, Fabio Kannavaro shogirdlari ushbu bashoratlarni parchalab, kutilganidan yaxshiroq natija qayd eta olishadimi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Analyst