Shomurodov gol urgan Kanadaga qarshi o'yinda kimlar o'ynagan?

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2026, 19:55
Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi Kanadaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Vakillarimiz shu paytga qadar 1 marotaba Kanada bilan to'qnash kelgan. 2016 yil Avstriyada tashkil qilingan o'quv-yig'in doirasida bu bahs bo'lib o'tgan. 20-daqiqada David Edgar hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'limning 62-daqiqasida Eldor Shomurodov muvozanatni tiklagan. Samvel Babayan ustozlik qilgan "oq bo'rilar" 81-daqiqada Akrom Komilovning avtogoli evaziga mag'lub bo'lgan.

Tarkibga e'tibor berar ekanmiz, bir avlodning faoliyatining poyoni, yangi avlodning boshlanishiga guvoh bo'lamiz.

Kanada - O'zbekiston 2:1

Gollar: David Edgar 20, Akrom Komilov (avtogol) 81 - Eldor Shomurodov 62

O'zbekiston: Aleksandr Lobanov, Akrom Komilov, Islom To'xtaxo'jaev, Davron Hoshimov, Egor Krimec, Server Jeparov, Javohir Sohibov, Otabek Shukurov, Eldor Shomurodov, Aleksandr Geynrix, Igor Sergeev

Zaxira: Eldor Suyunov, Ignatiy Nesterov, Shuhrat Muhammadiev, Sherzod A'zamov, Dostonbek Hamdamov, Jamshid Boltaboev, Jamshid Iskanderov, Jasur Hasanov, Aleksandr Merzlyakov, Marat Bikmaev, Salamat Quttiboev

Ma'lumot uchun, Kanada bilan bahs 2 iyun kuni soat 6:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia