

"Andres Inesta o'z futbolchilik faoliyatida yangi sahifa ochmoqda. A toifasidagi murabbiylik licenziyasini qo'lga kiritgan jahon chempioni va Chempionlar Ligasi g'olibi bo'lmish yarim himoyachi, Pro licenziyasini olishga tayyorgarlik ko'rish hamda murabbiylikdagi ilk qadamlarini tashlash maqsadida Dubayning "Galf Yunayted" jamoasini bosh murabbiy sifatida qabul qilib oldi.
Inesta uchun bu qaror shubhasiz edi. "Galf Yunayted" klubi uning futbolchilarni uzoq muddatli rivojlantirish va yosh iqtidorlarga sarmoya kiritish kuchiga bo'lgan chuqur ishonchini to'liq baham ko'radi. Ushbu klub BAA Birinchi divizionida eng yosh tarkibga ega jamoa hisoblanadi. Bu o'lka Inesta uchun juda qadrdon, chunki u o'zining futbolchilik faoliyatidagi so'nggi mavsumni aynan shu yerda, "Emireyts" klubida o'tkazgan edi. "Galf Yunayted" sobiq professional futbolchilarga murabbiylik sohasida ilk imkoniyatni taqdim etuvchi klub sifatida nom qozongan va Inesta ushbu jamoada o'z yo'lini boshlayotgan navbatdagi mutaxassisga aylandi.
"Galf Yunayted" klubi 2019 yilda Dubayda tashkil etilgan bo'lib, qisqa vaqt ichida BAAning eng ambiciyali futbol klublaridan biriga aylanishga ulgurdi. BAAdagi eng sovrindor xususiy klub sanaladigan "Galf Yunayted", mamlakatda ketma-ket ikki marta chempionlikni qo'lga kiritib, sinfda yuqorilashga erishgan birinchi futbol klubi bo'ldi. BAA Birinchi divizioni ligasida eng yosh tarkib bilan ishtirok etayotgan klub, ayni paytda barcha darajadagi 83 ta millatga mansub 600 dan ortiq futbolchilarni birlashtirgan haqiqiy uzoq muddatli futbol loyihasini barpo etmoqda", - deyiladi Dubay klubi rasmiy saytida berilgan xabarda.


