

Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.
Tur murabbiyi - Asror Aliqulov (“Sho'rtan”)
Bu turda Asror Aliqulov boshchiligidagi “Sho'rtan” mehmonda “QMU Jayxun”ni 2:1 hisobida taslim qildi. Championat.asia sayti aynan Aliqulovni tur murabbiyi sifatida etirof etdi.

Tur futbolchisi - Nodirbek Mukarov (“Lochin”)
“Lochin” futbolchisi Nodirbek Mukarov “BuxDu”ga qarshi bahsda (4:0) zaxiradan o'yinga qo'shilib, 2 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, uchrashuvdagi avtogol uning zarbasidan so'ng to'p raqib futbolchisiga tegib, darvozadan joy olgan. Championat.asia sayti zaxiradan bahsga qo'shilgan Mukarovni turning eng yaxshisi deb etirof etdi.

Tur darvozaboni - Ozodbek Marupov (“Yaypan”)
“Yaypan” ortda qolgan turda “Respublika FA”ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Ushbu g'alaba zamirida mezbonlar posboni Ozodbek Marupov mehnati ham yotibdi. U bahs mobaynida bir qator seyvlar namoyish etib, ko'pchilikning e'tiborini tortdi va haqli ravishda tur darvozaboni sifatida qayd qilindi.

Tur goli - Muhammadyusuf Mirqodirov (“G'azalkent”)
“G'azalkent” bu turda “Paxtakor farm”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. G'azalkentliklarning birinchi golini Muhammadyusuf Mirqodirov urdi. Qanotdan uzatilgan to'pni Mirqodirov to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi. To'p avval erga tegib, keyin yuqoriga uchdi va ikki futbolchi ustidan o'tib, darvozadan joy oldi.



