

"Kichik bolani ko'rganimda, ular kumiriga qarab turganini va kimdir yomon kunni boshdan kechirayotganini tushunmasligini bilaman. O'sha paytda to'xtash, imzo qo'yib berish va suratga tushish kerak. Neymar bolalikdagi kumirim bo'lgan va u bilan rasmga tushish uchun hammasiga tayyor edim. Hamma narsaga. Agar ular menga hatto poezdda Rossiyaga borish kerakligini aytishsa ham, bunga rozi bo'lardim", – dedi Yamal.

Yamal "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2023 yildan beri "ko'k-anorranglilar" sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchi kataloniyaliklar bilan 3 marta Ispaniya chempionligini, 2 marta Ispaniya Superkubogini va 1 marta Ispaniya Kubogini qo'lga kiritgan. 2024 yili Ispaniya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempioni bo'lgan.



