Dani Alves: "Butun Braziliya Neymar uchun o'ynashi kerak"
30 may 2026, 00:55
"Barselona", Braziliya termasi sobiq futbolchisi Dani Alves "Santos" yarim himoyachisi Neymarning milliy jamoa uchun muhimliligini aytib o'tdi.
U bu borada termani Leo Messi uchun o'ynagan Argentina termasiga qiyosladi.
"Agarda Braziliya termasi g'olib bo'lishni istasa, Neymar uchun o'ynashlari kerak. Argentina ham Messi - bu Messi ekanligini bilgandan keyingina sovrin yutdi", - dedi Alves.