Kamoliddin Tojiev: "Pedro Moreyra klubdan ketdimi? Rahbariyatdan so'raganingiz maqul"

Narzulla Saydullayev
19 may 2025
Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yigitlar barcha rejalarni yaxshi bajarishdi deyish mumkin. O'yin to'liq nazoratimiz ostida kechdi. Tezkor gol urishni maqsad qilgandik. Buni uddaladik va bellashuv davomida hujumkor futbol ko'rsatdik. Tayyorgarlik jarayonida rejalashtirgan jihatlarni amalga oshirdik", - dedi Kamoliddin Tojiev.

- Bosh murabbiy Pedro Moreyra jamoadan ketdimi?
- Buni klub rahbariyatiga bersangiz to'g'ri bo'lardi. O'yin haqida savol bo'lsa marhamat.

- Alijonovning jarohati jiddiy emasmi?
- Menimcha jiddiy emas, ko'rinib turibdi oyog'iga butsaning tagi bilan zarba berishgan.

- Hujumchi Riaskosni chap qanotda sinab ko'rdingizmi?
- U asosan chap va o'ng qanotlarda o'ynaydi. Bizning taktikamizda shu joyda o'ynamoqda.

- Hisobdan kelib chiqsak "Qizilqum" oson taslim bo'lgandek tuyuldi. Sizning fikringiz qanday?  
- Mezbonlar oson taslim bo'lishdi deb o'ylamayman. Ular oxirigacha kurashishdi. Boshida penaltidan gol urdik, ikkita golni esa uchrashuv oxirida urdik.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia