Sergey Lushchan: "Jamoani shakllantirish ustida ish olib boryapmiz"

Administrator
19 sen 2026, 23:03
Superliga 22-turdan o'rin olgan "Mashal" – "Paxtakor" uchrashuvidan so'ng "Mashal" bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- O'yinni yaxshi o'tkazishga harakat qildik, afsus yana mag'lub bo'ldik. Jamoa tuzish va shakllantirish ustida ish ketyapti. Birinchi taymdagi chetlatish foydamizga ishlasa kerak deb o'ylagandik, lekin "Paxtakor" tajriba tufayli g'alabani ilib ketdi. Ikkita xato golga olib keldi. Biz poydevor qo'yish va qaysi tomonga harakat qilish borasida ish olib boryapmiz.

- Bugun kim ko'proq xatoga yo'l qo'ydi: "Paxtakor"mi, "Mashal"mi yo hakamlarmi?
- Hakamlar haqida hech narsa gapirishni istamayman. Maydonda nimalar bo'lganini ko'rdik, takroriy vaziyatlarni ham ko'rdik. VAR bo'yicha menda alllaqachon turli savollar yuzaga kelgan. O'z xatolarimiz bo'yicha gapiradigan bo'lsam, ha, biz xatolar sabab gol o'tkazdik.

- Bugun yosh darvozabon harakat qildi. Uning aybi qanchalik?
- Biz darvozabonimizga ishonamiz. U har o'yinda jamoaga yordam beryapti. U hali yosh va kelajagi oldinda. Men aybni ko'proq maydondagi o'yinchilardan qidirgan bo'lardim. To'p jarima maydonchasiga uzatildimi, to'p uchun himoyachi kurashishi kerak. Darvozabonimizning esa o'yindan o'yinga tajribasi ortib boryapti va xatolar kam kuzatilyapti.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia