O'zbekiston U-20 terma jamoasining "Mirabror Usmonov Kubogi-2026" uchun qaydnomasi ma'lum qilindi

25 sen 2026, 20:44
O'zbekiston U-20 terma jamoasi 2027-yil yurtimizda o'tkazilishi rejalashtirilgan Jahon chempionati va Xitoyda bo'lib o'tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoliddin Rahmatullaev boshqaruvidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasi 25 sentyabrdan 7 oktyabrga qadar Milliy futbol markazida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi. Bosh murabbiy tomonidan yig'inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing.

Eslatib o'tamiz, jamoamiz 2-6 oktyabr kunlari “Mirabror Usmonov kubogi-2026” turnirida ishtirok etadi.

Darvozabonlar: Nematullo Rustamjonov ("Respublika FA"), Ibrohim Shokirov ("Neftchi"), Bogdan Odinaev ("Bunyodkor")

Himoyachilar: Shorahim Shorahmedov ("Respublika FA"), Muhammadali Dilshodbekov ("Paxtakor"), Xojakbar Botiraliev ("Respublika FA"), Muhammadali Musaxonov ("Surxon"), Ozodbek Najmiddinov ("Respublika FA"), Abdulvosid Soliev ("Respublika FA"), Muhammadkodir Rasuljonov ("Neftchi"), Diyop Ermanov ("Paxtakor")

Yarim himoyachilar: Quvonchbek Saydaliev ("Paxtakor"), Behruz Abdusattorov ("Respublika FA"), Tohir Ashurboev ("Surxon"), Raul Jeparov ("Dinamo"), Behruz Ko'paysinov ("Respublika FA"), Abdulfayz Bobomurodov ("Bunyodkor")

Hujumchilar: Kamron Yusupov ("Surxon"), Quvonchbek Abraev ("Lokomotiv"), Sayfiddin Sodiqov ("Braga", Portugaliya), Aslbek Abdurasulov ("Respublika FA"), Sadriddin Hasanov ("Braga", Portugaliya), Davron To'laganov ("Paxtakor")

photo_2026-09-25_18-29-07.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia