

O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Uchrashuvni yaxshi boshladik, gol urdik va keyin yana sovuqqonlikka berildik. Bunday o'yinlarga jamoani yaxshi kayfiyatda tayyorlash eng muhimi. Birinchi bo'limni 1:0 hisobida yakunlaganimizdan keyin ikkinchi taymda o'z o'yinimizni ko'rsatdik va g'alabaga erishdik.
- Bugun "Paxtakor" ishtiyoqsiz o'yin ko'rsatdi, jamoaning ko'zi yonmadi. Bunga raqib darajasi sabab bo'ldimi?
- Aytganimdek, bunday o'yinlarga jamoa yaxshi kayfiyatda tayyorlanishi kerak. Hozir hamma raqibni bir oyoqda yutamiz deb o'ylashi mumkin, lekin hozir bunday jamoaning o'zi yo'q. Barchasi kayfiyatga bog'liq. Bu haqda yigitlarga ikki kun gapirdim.
- Boshlang'ich tarkibga hozir qo'l ostingizdagi eng kuchli tarkibni tushirdingiz. Bunga Kubokda Proliga jamoalarining rotaciyani amalga oshirayotgan Superliga jamoalarini mag'lub etib qo'yayotgani sababmi? Hisob yiriklashganidan keyin yoshlarga imkoniyat berildi.
- Bularga ham o'yin amaliyoti kerak. Natija birinchi o'rinda, baribir. Lekin bu yigitlarning hammasi ham chempionatda o'ynamadi. Ularga o'yin amaliyoti berdik. Natijaga qarab yoshlarni maydonga tushirdik. Natija biz uchun muhim.
- Oybek Bozorov haqida so'ramoqchi edim. U bugun yaxshi harakat qildi. Biroq zarbalari tepaga ketdi. Bu nima bilan bog'liq?
- Bazi o'yinlarda bitta zarba gol bo'ladi, bazida 10ta zarba ham darvozaga kirmaydi. Oybekda bugun shunday bo'lib qoldi.



