Jezush Ronalduning bayonoti haqida: "O'qib chiqdim. Ortiqcha gapga hojat yo'q"

Aslanov Jasurbek
7 okt 2026, 14:53
Portugaliya terma jamoasi murabbiyi Jezush Ronalduning bayonotiga munosabat bildirdi.

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush "Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronalduning bayonoti bilan tanishib chiqqanini ma'lum qildi.

Avvalroq Ronaldu murabbiy bilan yuzaga kelgan nizo sababli milliy jamoa qarorgohini tark etgan edi. Kecha Krishtianu katta bayonot berib, Jezushni vadalarini buzganlikda aybladi va ketish sabablarini tushuntirdi. Bundan tashqari, hujumchi Jezush matbuot anjumanida aytib o'tishi kerak bo'lgan tezislarni ham keltirib o'tgandi.

- Men bayonotni o'qib chiqdim. Endi esa, har kungidek, ishlash va Portugaliya terma jamoasi haqida o'ylash uchun Federatsiya qarorgohiga yo'l olmoqdaman. Menda boshqa aytadigan gap yo'q, - dedi Jezush.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: O Jogo