Jezush Ronalduning bayonoti haqida: "Hozir uni o'qib chiqmoqchiman, aytadigan gapim yo'q"

Aslanov Jasurbek
7 okt 2026, 12:22
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning bayonoti borasida berilgan savolga javob qaytardi.

Eslatib o'tamiz, 41 yoshli futbolchi 27 sentyabr kuni bo'lib o'tgan Millatlar ligasining Norvegiyaga qarshi o'yinida Jezush uni maydonga tushirmaslikka qaror qilganidan so'ng milliy jamoa qarorgohini tark etgan edi.

Ronaldu ushbu vaziyatni shunday tushuntirdi: "Jezush mendan Norvegiyaga qarshi o'yinda 30 daqiqa o'ynashimni so'radi - men o'sha kuni maydonga tushmayman deb o'ylagandim, lekin rozi bo'ldim. Men chigal yozdi mashg'ulotlarini bajardim, ammo meni maydonga tushirishmadi. Murabbiy vadasini buzdi".

Hujumchi, shuningdek, Norvegiyaga qarshi o'yindan so'ng Jezush bilan keyingi bahs oldidan chiqish qilish rejasini kelishib olganini, ammo murabbiy "ikkinchi marta vadasini buzganini" aytdi. Jorje aytishi kerak bo'lgan tezislardan biri shunday edi: "Pele va Maradona darajasidagi futbolchini chigal yozdi mashg'ulotlariga yuborib, maydonga tushirmay xatoga yo'l qo'ydim".

Seshanba kuni Jezush Leyriyada bo'lib, Portugaliya U21 yoshlar terma jamoasining Chexiyaga qarshi o'yinini (2:0) kuzatdi.

Murabbiy hali sardorning bayonoti bilan tanishib chiqishga imkoni bo'lmaganini, ammo uning e'lon qilinganidan xabardor ekanini tan oldi, deb yozmoqda A Bola.

- Men Leyriyada edim, [yoshlar] terma jamoasi o'yinini ko'rayotgandim. Hozir bayonotni o'qib chiqmoqchiman, aytadigan gapim yo'q, - dedi Jezush.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola