Jerrard: "Jezushning Ronaldu bilan ziddiyatdagi qarori uning iste'fosiga olib keladi"

Sherzod Nurmatov
8 okt 2026, 19:25
"Liverpul"ning sobiq sardori Stiven Jerrard Krishtianu Ronaldu atrofidagi vaziyatga munosabat bildirdi.

Bir kun avval 41 yoshli hujumchi o'z bayonotida Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan ziddiyat tafsilotlarini oshkor etib, mutaxassis o'z so'zida ikki marta turmaganini takidlagandi.

"Menimcha, Jorje Jezush hozirgina o'zini ishdan bo'shatish haqidagi hukmga imzo chekdi. Ronaldu - bu qudratli kuch va butun boshli bir millatdir, millat bilan esa hazillashib bo'lmaydi. Xuddi shu holat "Manchester Yunayted"da ten Hag bilan ham yuz bergan va uning faoliyati butunlay barbod bo'lgandi. Futbolchilar seni murabbiy sifatida hurmat qilganidek, sen ham ularni hurmat qilishing kerak. Nazarimda, Ronaldu va Jezush o'rtasidagi munosabatlardagi muammo aynan shunda edi. Unga eng ezgu tilaklarimni bildiraman, biroq Jorje Jezush uchun bularning barchasi yaxshilik bilan tugamasligini bilaman", – dedi Jerrard.

Erik ten Hag bilan qiyoslash Ronalduning "Manchester Yunayted"da niderlandiyalik mutaxassis bilan yuz bergan mojarosiga ishora qiladi. 2022 yilning noyabrida portugaliyalik yulduz britaniyalik jurnalist Pirs Morganga bergan katta intervyusida ten Hagni hurmat qilmasligini, chunki uning tomonidan ham hurmat his qilmayotganini aytgandi. Oradan ko'p o'tmay klub va Ronaldu o'rtasidagi shartnoma o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilingan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: FullTime Report