

A Bola xabariga ko'ra, milliy jamoa bosh murabbiyi Portugaliya futbol federatsiyasi tomonidan taklif etilgan sardor bilan uchrashuvni maqullagan. Endi federatsiya Ronalduning o'zidan javob kutmoqda.
FPF Krishtianu va terma jamoa o'rtasidagi munosabatlarning uzil-kesil va keskin uzilishining oldini olmoqchi hamda 41 yoshli hujumchining atrofidagilar bilan aloqada bo'lib turibdi. Uchrashuvni betaraf hududda o'tkazish rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, Jezush Ronalduni zaxirada qoldirish qaroridan so'ng o'z poziciyasini o'zgartirmagan, biroq, nashr takidlaganidek, jamoa atrofidagi keskinlikni kamaytirish va barqarorlikni tiklash zarurligini tushunadi.
Ronaldu terma jamoa ixtiyorini tark etganidan so'ng vaziyat bo'yicha hozircha oshkora izoh bermadi. A Bola ma'lumotiga ko'ra, u Madridda bo'lib turibdi. Endi vaziyatning keyingi rivoji Krishtianuning qaroriga bog'liq - muzokaralarga rozi bo'lish va murosa topishga urinish yoki uchrashuvdan bosh tortish.



