

U bir yil ichida O'zbekistonni ikki marta penaltilar seriyasida mag'lub etish siri haqida to'xtalar ekan, bosh murabbiy buni mashg'ulotlar jarayoni bilan izohladi: "Buning siri shundaki, mashg'ulotlardagi o'zaro o'yinlarimizda durang qayd etilsa, albatta o'zaro penaltilar tepamiz. Bu katta yoki kichik maydondagi mashg'ulot bo'lishidan qati nazar, hisob teng bo'ldimi, shunday yo'l tutamiz. Bosh murabbiy sifatida men doimiy mashg'ulotlarga ishonaman, maydondagi barcha harakatlar – mashg'ulotlardagi mehnatning mahsuli".



